Channel TPs

Telekanal Sport New Frequency on ABS-2 75.0° East

Telekanal Sport New Frequency on ABS-2 75.0° East

Sport TV — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallardan biri. Ushbu kanal O’zbekiston boʻylab efir uzatib kelayotgan eng birinchi tashkil topgan kanallardandir. Yoʻnalishi sport turlari boʻyicha ko’rsatuvlar, transliyatsiyalar tashkil etish.
Tarixi

Oʻzbekiston Respublikasining brinchi prezidenti Islom Karimovning „Oʻzbekiston Respublikasi bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Oʻquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish toʻgʻrisida“gi qarori, yaʼni „Umid nihollari“, „Barkamol avlod“, „Universiada“ sport oʻyinlari respublikada sportning yanada rivoj topishi uchun puxta zamin hozirladi.

Oʻz navbatida bu jarayonlar alohida, sport yoʻnalishiga ixtisoslashgan telekanal tashkil etish zaruratini kun tartibiga qoʻyadi. Natijada, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Ommaviy sport targʻibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2003-yil 4-noyabrdagi 484-son Qaroriga asosan 2004-yil 1-yanvardan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi 4-Xalqaro telekanali negizida “Sport” telekanali tashkil etildi. Respublika birinchi prezidentinig 2005-yil 8-noyabrdagi „Mustaqil teleradiokanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmoni va 2005-yil 27-dekabrdagi „Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha tadbirlar haqida“ qarori asosida telekanal „Sport“ teleradiokanali davlat muassasasiga aylantirildi.
Yutuqlari

2004-yil Afinada oʻtkazilgan Olimpiyada oʻyinlari yosh va endi shakllanib kelayotgan „Translyasiya va sun’iy yo`ldosh orqali olib koʻrsatiladigan dasturlar“ studiyasi xodimlarini jiddiy sinovdan oʻtkazdi. Ushbu musobaqalarining tantanali ochilish marosimi, 25 sport turining qariyb barchasi boʻyicha bellashuvlar toʻgʻridan-toʻgʻri olib koʻrsatildi. Afinada boʻlib oʻtgan, olimpiyada oʻyinlari doirasidagi eng qiziqarli musobaqalar, ayniqsa Oʻzbekistonlik sportchilarning chiqishlari haqida toʻgʻridan-toʻgʻri efir uchun reportajlar tayyorlandi.
2006-yili Italiyaning Turin shahrida oʻtkazilgan olimpiada oʻyinlari ham toʻgʻridan-toʻgʻri olib koʻrsatildi. Bu telekanal sharhlovchilarining qishki sport turlarini sharhlashga ixtisoslashuvi yoʻlida sinov, mahorat va tajriba maktabi boʻldi. Qishki Olimpiada oʻyinlaridan oʻrin egallagan yangi sport turlari snoubord, kyorling kabi sport turlari ham telekanal reportajlari dasturidan oʻrin egalladi.
Mustaqillik yillarida xalqaro andozalarga javob beradigan juda koʻplab sport inshootlarini qurilishi nafaqat poytaxt hisoblanmish Toshkentda, balki viloyatlarda xam koʻplab xalqaro musobaqalar oʻtkazish imkoniyatlari yaratilgani, sport infratuzilmasi paydo boʻlgani sportning koʻplab ommaviy turlari boʻyicha nafaqat xalqaro turnirlar, Gran Pri musobaqalari balki Osiyo va jahon chempionatlarining oʻtkazilishi telekanal xodimlari uchun oʻziga xos mahorat maktabi vazifasini oʻtamoqda. Xususan, erkin va yunon rum kurashi va ayollar kurashi boʻyicha kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati, qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va kadetlar oʻrtasidagi jahon birinchiligi, Taekvondo VTF, badiiy gimnastika, sambo, shotakan karate-do boʻyicha Osiyo chempionatlari, qitʼa birinchiliklari hamda dzyudo boʻyicha Gran Pri bosqichlarining Toshkentda oʻtkazilishi buning yorqin misolidir. Mazkur musobaqalardan jonli reportajlarni bugun dunyoning turli burchaklarida turib ham tomosha qilish imkoniyati yaratilgan. Bundan tashqari, 2011-yilda teleradiokanal buyurtmasiga asosan „O`zbektelefilm“ davlat unitar korxonasi tomonidan olimpiya zahiralari kolleji oʻquvchilarining orzu-intilishlari aks etgan 30 qismli „Chempionlik orzusi“ seriali;
2015-yilda esa oʻzbek sporti dovrugʻini dunyoga yoygan sportchilar — shaxmat boʻyicha jahon chempioni Rustam Qosimjonov, tennis boʻyicha koʻplab xalqaro turnirlar gʻolib va sovrindori Iroda To`laganova, boks boʻyicha jahon chempioni, olimpiada oʻyinlari sovrindori O`tkirbek Xaydarov, dzyudo boʻyicha ikki karra jahon chempioni, ikki marta olimpiada oʻyinlari kumush medali sovrindori Rishod Sobirov, oʻzbek bokschilaridan chiqqan birinchi olimpiada chempioni, Osiyo, jahon chempionatlari gʻolib va sovrindori Muhammadqodir Abdullayev haqida hikoya qiluvchi jami 10 qismli „Shohsupa“ nomli badiiy-hujjatli serial tasvirga olinib, teletomoshabinlar eʼtiboriga havola etildi.

Telekanal Sport
ABS-2 75.0° East
12610 – Vertical – 22000 7/8

Related Articles

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Back to top button